Ayollarda nomahramga iqtido masalasi

Assalomu alaykum! Bizning uyimizga mehmonlar keldi, biz u mehmonlar bilan uyimizda jamoat bo‘lib namoz o‘qisak. Bizning jamoatimizning ortidan, imomga iqtido qilib, ayollarimiz va qizlarimiz yoki bitta mani ayolim namoz o‘qishligi joizmi? Agar joiz bo‘lsa - namoz vaqtida yoki namozdan keyin, nomahram erkaklardan rashk masalasi, nomahramlarning o‘zaro bir-biriga nazar masalasi qanday xal qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Shuning uchun ayollar bir saf orqada turadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 177 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar