Meni holatimda qurbonlik

Assalomu alaykum! men arendaga mashina olganman va o‘zimni xam mashinam bor. Narxi 2000$lik. Uni suxoy arendaga berganman, uni pulini olib bunga qo‘shib berish uchun va uylanish maqsadiga mebel olib qo‘yganman 1500$lik, manga xam qurbonlik vojib boladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning uchun molingizni hisob qilishingiz kerak bo‘ladi. Agar molingiz qurbonlik nisobiga etgan bo‘lsa vojib bo‘ladi. Qurbonlik nisobi quyidagicha hisob qilinadi: Nomiy (o‘sib turuvchi) bo‘lmagan, tijorat maqsadida bo‘lmay o‘g‘illar uchun sotib olingan quruq erlar, (o‘zi o‘tirgan uyining yonidagi xonalardan tashqari) ijaraga berilmay bo‘sh turgan uylar, o‘g‘il-qizga berish maqsadida olib qo‘yilib, ularga mulk qilib berilmagan sep-sidirig‘lar (agar ularga mulk qilib berilgan bo‘lsa, olgan o‘g‘il qizlarning nisobiga hisob qilinadi), hech vaqt iste’mol qilinmaydigan suvenir va idishlar, televizor ham hojati asliydan tashqari mol hisoblanadi. Bundan qarzlar mablag‘la chiqarib tashlanadi. Shunda mollarning miqdori 85 gramm tillaning qiymaticha va undan ortiq bo‘lsa, mol nisobga etgan bo‘ladi. 2021 yilga nisobning miqdori so‘mda 27.200.200 deb belgalangan. Kimning hojati asliysidan tashqari yuqorida zikr qilingan narsalari bor bo‘lib, zakot nisobiga etsa, unday kishilarga zakot olish joiz emas. Lekin, zimmasiga qurbonlik qilish, hamda fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Shuningdek bu nisob boshqa sadaqa olmaslik (hadya bo‘lsa joiz), nazr qilingan go‘shtni emaslik, nazr qilingan narsalarni olmaslik keraklik kabi masalalarga taalluqli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar