Gumon pul ishlatish

Assalomu alaykum! Batafsilroq yozaman tushunarli bo‘lishi uchun, ayibga buyurmaysizlar. Rossiyada 11oy zavodda ishladim. Ishlab yurgan vaqtimda o‘zbeklar vatanga ketishganidan so‘ng zavod tomonidan bank kartalariga pul tushdi. Men xam keldim O‘zbga, lekin menga xam pul tushishini kutmagandim, rossiyada ishlatib yurgan sim kartamga sms keldi, ya’ni bank xar oyda xizmat xaqqi oladi. Menga xam shu tarzdagi sms keldi va smsning eng tagida Balans: 19800 rublcha (taxminan) pul bor edi. o‘sha joydagi do‘stim va bir akadan so‘radim qaerdanan tushdi ekan deb. Ular aytishdi: xa endi sizi rizqiz ekan tushibtida deyishdi va menga 200$ jo‘natishdi. Xozirda bu pullarni ishlatganim yo‘q. Rossiyadan keganimdan so‘ng bir marta telefon bo‘ldi rus nomerdan va boshqa yana bir nomerdan 2 marta. Bu nomerni do‘stimdan surushtirib bering desam aytdiki: bu magazinning nomeri ekan dedi. Birinchi nomerdi esa bilmadim kimniki ekanligini. Balkim shu nomerni egasi menga shu pulni adashib tushurib yuborgandir deb o‘ylayapman, lekin shuncha pul tushurib bir marta tel qilib kifoyalanmasa kerak deb xam o‘ylayapman. Shu pulni olganimdan keyin taxminan bir oydan so‘ng oyog‘im og‘rib qoldi. Bu joyda xam ikki xil o‘ylayabman:1. Balki bu pul birovniki bo‘lsa menga nasib qilmasdan Alloh shu dardni berdimikin deb o‘ylayapman. 2 Balkim Alloh meni kasal bo‘lishimni bilib shu pulni menga etkazgandur degan o‘y xam kelayapti. Ertaga davolanishimning oxirgi kuni, Xudo xoxlasa oyog‘im Xudoga shukur yaxshi ammo bir oz og‘riq bor. Xudoga shukur pulga zoriqishim yo‘q. Agar bu pullar menga tegishli bo‘lmasa yoki bu pullarni masjidga bersam bo‘ladimikin deyapman. Agar bu pullar xarom bo‘lsachi masjidga berib bo‘larmikan deyapman xam. Agar boshqacha o‘ylasak bu pullarni ishlatsam xam bo‘lsa kerak, chunki bu pullar mening shaxsiy xisob raqamimga tushganku degan o‘y xam bor. Bu o‘ylarni qaysi biriga ko‘nishni xam bilmayapman. Bu o‘ylarni qaysi biri shaytonning vasvasasiyu qaysi biri vijdonimnikiligini bilolmayapman. Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar. Alloh ishlaringizga rivoj bersin. Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjidga bermasdan o‘z egasiga qaytaring. Masjidga u kabi harom pullar berilmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar