Harom pullar

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar inson oldin harom pul topsayu, keyin tavba qilsa, harom topgan pullarini nima qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/33719 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=31563.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=12617.0 Harom topilgan pullarni ma’lum bo‘lsa o‘z egalariga qaytarish, ma’lum bo‘lmasa faqir-miskinlarga tarqatib yuborish kerak. Bu ham Alloh taoloning imtihoni. Barchasidan voz kechib oxiratdagi saodat va jannatni yoki o‘lsa o‘zidan keyin kimlarga qolishi, qolsa ham keyinchalik yo‘q bo‘lib ketishi aniq narsani tanlash bandaning ixtiyorida. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar