Zargarlikdagi shubxali xolat

Assalomu alaykum! Ukam zargar. Odamlardan tilla taqinchoq uchun buyurtma olganda, yoki ularni uzuk, ziraklarini ta’mirlab berish asnosida tillani yaltiratish uchun kimyoviy unsurlardan foydalanib polirovka qilinadi. Taqinchoqni yaltiratish uchun albatta polirovka qilish shart. O‘sha polirovka qilinganda juda oz miqdorda tilla shilinib olinadi. O‘sha shilinib olingan tillani qoldig‘ini to‘plab kimyoviy tozalansa uzoq muddat to‘plansa sof tilla olinadi. Biz mijozlarga iloji boricha aksariga rozi bo‘ling deb aytamiz. Xullas, shu to‘plangan tilla biz uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rozi bo‘lishsa joiz. Aksaridan emas, hammasidan rozilik olinglar. So‘rashsa berishlaringiz kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar