Egizaklarlar ismi

Assalomu alaykum! Mening egizak o‘g‘illarim bor, biz ularga hurmatli shayhimiz Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq hazratlarini Alloh ularni rahmatiga olgan bo‘lsin hurmat qilib va havas qilib kattasiga Muhammad Yusuf  kichigiga Muhammad Sodiq  deb ism qo‘yganmiz. Ko‘pchilik ismi bilan tug‘ilgan ekan bekor boshqa ism qo‘yibsizlar desa bazilar payg‘ambarimizdan sunnatku egizaklarga xasan-xusan deb ism qo‘yish deydi. Yaqinda bir qori domla ho‘jayinimga payg‘ambarimizni (s.a.v.) nabiralari egizak bo‘lishmagan debdila. Egizaklarga xasan xusan ismini qo‘yish sunnatmi? Payg‘ambarimiz (s.a.v) nabiralari egizak bo‘ishganmi yoki aka ukami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Hasan va imom Husaynlar egizak bo‘lmaganliklari shak shubhasiz. Hamma orzu qilganlaridan shu ismlarni qo‘yishadi. Egizak bo‘lmaganlari ham bemalol Hasan yoki Husayn deb qo‘yishlari mumkin. Egizaklarga Hasan yoki Husayn deb qo‘yish shart degan gap shariatimizda yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 145 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar