Azon aytishdagi xatoliklar
Assalomu alaykum! Azon aytishdagi xatoliklar Azon so‘zlarini o‘nta joyda noto‘g‘ri aytish harom va qasdan aytilganda kufr xavfi bor: 1. “Allohu akbar”ning “hamza”sini (“alif” (أ) harfini) cho‘zish 2. “Akbar”ning “bo”sini (“be” (ب) harfini) “Akbaar”deb cho‘zish 3. “Ashhadu”ni “Ashhaadu” deb “ha” (ه)sini cho‘zish 4. “Ashhadu”ning hoyi havvaz harfini hoyi huttiy harfiga (ya’ni, “ه”ni “ح”ga aylantirib) aytish 5. “Laa ilaaha illallohu”ning “illo”sini tashdidsiz, ya’ni bitta “lom” bilan aytish 6. “Hayya”ning “ya”sini cho‘zib “hayyaa” deyishlik 7. “Hayya”ning hoyi huttiy harfini hoyi havvazga alishtirib aytish (ya’ni, “ح”ni “ه”ga o‘zgartirish) 8. “Falaah”ning oxiridagi hoyi huttiy harfini ham hoyi havvazga alishtirib aytish 9. “Hayya ’alal falaah”ning o‘rniga “Hayya ’alal aflah” deyishlik 10. “Hayya”ning “hayya”sini tashdidsiz, ya’ni bitta “yoy” bilan aytishlik. Chahor kitobidan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom, kufr deyish juda qiyin ish, albatta o‘ta darajada qo‘pol xato hisoblanadi. Siz aytgandek ba’zi bir fatvo kitoblarida kufrga ham hukm qilingan. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar