Xo‘jayinimni zinodan qaytarish yo‘li
Assalomu alaykum! Turmush qurganimizga 6 yil bo‘ldi. Xo‘jayinim meni yoqtirib 4 yil kuzatib 2 yil tinmasdan sovchi jo‘natib uylanganlar. Alxamdulillox 2 nafar farzandlarimiz bor. Xo‘jayinim Baqara surasidan boshqa barcha suralarni yoddan biladilar. Doimo zikr qilib yuradilar. Bitta kamchiliklari bor zino qiladilar bir bir. Doimo bilib qolaman o‘zim xoxlamagan xolda. O‘tirib shu xaqida gaplashib olay o‘zlari bilan desam janjal qilib narsa sindirishga tushadilar. Nikoximiz 1ta. Boshqa nikoxlari yo‘q. Ota-onalarini xam gapiga kirmaydilar. Lekin oxirgi paytlar xammasini faqat ichimga yutib yig‘lab namozlarimda insof so‘rayman ularga va o‘zimga sabr so‘rayman. Ular 5 vaqt namoz o‘qib, doimo tavba aytadilar. Va o‘ylidilarki tavba qilsalar Alloh karami keng zot-kechirib yuboradi xar safar zinolarini. Lekin menga qiyin ginekologik jixatdan doimo bir nima kasal yuqtirib olaman xo‘jayinimdan. Yana davolanaman yana keyin u bu qiz bilan zino qilib keladilar. Qanday qilib ularni bu yo‘ldan qaytarish mumkin? Albatta duodaman doimo-lekin juda charchadim bunaqa qilishlaridan. Oyilariga bo‘ldi boshqa unday qilmayman deydilarda yana davom ettiradilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zino qarz bo‘lib, zino qilgan bir kun kelib bu qarzni o‘zining oilasida ayollar bilan to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shunchalik harom qiladigan darajada bo‘lsa uni o‘rniga o‘sha ayolni nikohiga olsin. Shunda zinoni oldi olinadi. Zinoni gunohini bilib turib, beparvolarcha qilinaversa, oxiri kufrga olib borish xavfi bor. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush