Bir tafsir kitob haqida
Assalamu alaykum.Hazrat, Qur’on tafsiriga bo‘lgan rag‘batim tufayli, boshqa tafsirlarni, xususan Nabiy alayhissalomning sahobalari bo‘lmish ibn Abbos tafsirlarini o‘qishni boshlash niyatidaman. Nabiy alayhissalomning yonlarida ibodat qilib yurgan sahobalarning Qur’onni oyatlarini qanday tushunishganlari o‘zim his etgim keldi. Zora, oz taqvom quvvatlansa. Ammo bu hususda, mazkur tafsirning to‘liq hazrat ibn Abbosga tegishli yoki tegishli emasligi to‘g‘risida ixtiloflar bor ekan."© 2007 Royal Aal al-Bayt Institute for Islami’ Thought Amman, Jordan" mualliflik huquqi ostida Mokrane Guezzou tomonidan inglizchaga tarjima qilinib, Iyordaniyada chop etilgan tafsirning elektron varianti internetga chiqarilgan. Hazrat, "Tanvir al-Miqbas min Tafsir Ibn ’Abbas" tafsiri haqida nima deysiz? Mazkur inglizcha tarjimani o‘qisam bo‘ladimi? (Harqalay, Iyordaniyada chop etilganiga ko‘ra tarjima ishonchli bo‘lsa kerak...) Hazrat, "Ulumul Qur’on" kitobingizni kutyapman, ammo hamon chiqishidan darak yo‘q... Bu kitobdan, inshaalloh qachon bahramand bo‘lishimiz mumkin? Mazkur kitobning mundarijasi yoki kirish qisminimi islom.uz saytida oldinroqdan o‘qishimiz imkoni bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhuning tafsiri deb atalgan tafsirni u zotdan keyin boshqa odamlar u kishidan qilingan rivoyatlar asosida tuzganlar. Siz aytgan inglizcha nusxani tayyorlagan muassasa obro‘li ishonchli tashkilotdir. Ulumul Qur’on kitobini yozilganiga ancha bo‘lishiga qaramay chop etilishi kechikib ketdi. Alloh taoloni irodasi. Muharrirlar va chopxona masalalari bahona bo‘lmoqda. Duo qilib turinglar. Alloh taolo oson qilsin. Tezda chop bo‘lsa, hammamiz o‘qiymiz, inshaalloh!
7 May 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 164 | Qur’oni karim