Bank sohasida ishlash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men hozirda xorijda Evropa davlatlaridan birida ish yuzasidan istiqomat qilaman. Shu erda bank sohasi bo‘yicha o‘qishni yakunlab, shu yo‘nalish bo‘yicha ishga kirganman. Ko‘plab manbaalarda “bank sohasida ishlash islomda harom” degan fatvolarga duch keldim. Mening ishim to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit shartnomalar bilan bog‘liq emas, lekin umumiy bank faoliyatiga aloqador, ya’ni bankka moliyaviy bozorlar haqida ma’lumot etkazib beradi. Hozirgi kunda banklarning ba’zi bo‘limlari xalqaro valyuta savdosi, yoki qimmatbaho qog‘ozlar (aktciyalar), xom ashyo savdosi singari riboga aloqador bo‘lmagan operatsiyalar bilan shug‘ullanadi. Lekin ma’lumki, hozirda banklarni asosiy daromadi ribodan keladi. Agar bankda riboga aloqador bo‘lmagan sohasida ishlasam ham, topadigan maoshim harom bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ulamolarimiz bankda faqat riboga aloqador bo‘lmagan ishlarni qilib ishlashga ruxsat berganlar.

20 Aprel 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar