O‘qituvchi hijob o‘rashi

Assalomu alaykum! Ayol kishiman. Maktabda o‘qituvchiman. Ro‘mol o‘rayman. Hijobga kirish niyatim bor. Lekin maktabdagi ta’lim beruvchi ustozlarga hijob mumkin emas. Doimiy nazoratda bo‘lamiz. Ayting, men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:48 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar