Telegramdagi lotoli aktsiyalar

Assalomu alaykum! Xozrgi kunda telegramdagi savdo-sotiq gruppalarda xaridor to‘plash uchun lotoli aksiyalar tashkillashtirilmoqda. Yani 100 kishi 50 tadan odam qo‘shib nomer oladi keyin 100 ta nomer to‘lgandan keyin generator orqali 3 ta nomer tanlab sovg‘a beriladi. Ko‘pchilik odam qo‘shganda boshqa shunday gruppalardan oladi (odam o‘g‘irlaydi). Shunda qaysidir manoda birovni riskini eyish bo‘lib qolmaydimi? G‘olibga sovg‘ani olish joizmi? Shunday o‘yinlarda qatnashishchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi pulli o‘yinlar qimor. Dinimizda hech bir harom ish engil hisoblanmaydi. Kimlarnidir nazdida “Hah shunga ham shunchami” degan gap bor. Agar bu gapni shariat harom qilgan o‘rinda aytilsa kufr bo‘lib qoladi. Ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar