Uy qurishda sherikchilik

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim biz sherikchilikda bir bino qurishda sherikchilik bilan boshlash niyatida edik. Bir sherigim o‘z mablag‘i bilan ikkinchi sherik o‘z ishi va bilimi, mexnati bilan sherik bo‘lish niyatida. Aytingchi o‘z bilimi va mexnati bilan kirgan sherik bino qurib, bitirib sotilganda qismlar ya’ni sherikchilik foydalari bo‘linadigan davrda qaysi xolatga qarab bo‘linsa harom bo‘lmaydi? Ya’ni pulsiz kirgan sherik tanni tikilgan miqdorni xam ikkiga olib ketishi kerak bo‘ladimi yoki foyda miqdorini teng bo‘lishligi to‘g‘ri xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kelishuvga bog‘liq. Boshida nimaga kelishilgan bo‘lsa o‘shanday bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar