Shunday hadis mavjudmi?

Assalom alaykum! Ustozlar, bir ayoldan eshitib qoldim. Agar o‘g‘il o‘z onasini opichlab 1 marta o‘z hovlisini aylantirib chiqsa 3 marta haj safarini ado qilgan savobini olar ekan. Shu haqida hadislar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. قال النبي صلى الله عليه وسلم " ما من رجل ينظر إلى والديه نظرة رحمة إلا كتب الله له بها حجة مقبولة مبرورة " "البيهقي في شعب الإيمان Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim ota-onasiga rahmat nazari bilan nazar qilsa, Alloh uning evaziga qabul bo‘lgan hajji mabrurni yozib qo‘yadi” deganlar. Bayhaqiy rivoyati. وفي رواية بلفظ . ما من ولد بار ينظر إلى والديه نظرة رحمة إلا كتب الله له بكل نظرة حجة مبرورة " قالوا : وإن نظر كل يوم مائة مرة ؟ قال "نعم ، الله أكبر وأطيب Boshqa bir rivoyatda : “Solih farzand ota-onasiga rahmat nazari bilan qarasa, har bir qarashiga Alloh taolo mabrur hajni yozib qo‘yadi” dedilar. “Bir kunda 100marta qarasayam-a” deyishdi. “Ha, Alloh ulug‘ va pok Zotdir” dedilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar