Namozimni turib o‘qidim

Assalomu alaykum! O‘g‘limni gimnastika to‘g‘aragiga oboraman. Uydan soat 4 bo‘masdan chiqib ketib va 6 dan keyin kirib keldim. Bu vaqt oralig‘ida asr namozini vaqti o‘tib ketadi deb o‘yladim. O‘sha joyda namozimi o‘qivoldim. Taxoratim boridi. Namozni tik turib qibla tarafga mato qo‘yib (o‘g‘limni shapkasini) o‘sha joyga sajda qildim ruku vaqti ozgina egildim. Oyoq kiymimni echib ustiga turvoldim. Shunaqilib namozimi o‘qidim. O‘qigan namozim durustmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Durust emas. Namozning qadri shunchalikmi? Qazosini o‘qib oling. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar