Ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalar

Biz tabiiy fanlar mutaxassislarimiz. Amaliyotda bajarilgan ishlardan olingan natijalar mahalliy va halqaro jurnallarda maqola qilinadi. Takroriy shu tajriba jurnalda yozilgan maqola bo‘yicha qilinsa, natija olinmaydi. (Ba’zilarning aytishicha) Sababi maqolada keltirilgan tajriba 10 soat davom etgan bo‘lsa, amaliyotda 15 soat davom etgan bo‘ladi. Muallif amaldagi 15 soatni 10 soat qilib ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash amaliyot bilan maqoladagi o‘rtacida bir necha farqlar bo‘ladi. Yana bir misol: Muallif o‘z maqolasida “mahsulotni tozalashda unga mos erituvchi ishlatildi” deb yozadi. (maqolaning biror joyida erituvchi aytilmagan holda). Bu ishlarini ilmiy tadqiqot qilayotganlar shunday izohlaydi. . . "Maqolani o‘qib, ushbu ishga qiziqqan kishi, tajribani to‘la aniqlash uchun maqola muallifi bilan bog‘lanadi" va shunga o‘xshash sabablarni aytadi. Bu kabi holatlar ilmni yashirishga kirmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ochig‘ini aytsa, ya’ni maqola reklama uchun berilayotgani, undan foylanmoqchi bo‘lgan kishi muallifga bog‘lanishi aytilsa, joiz bo‘ladi.

26 May 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 214 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar