Haqdorlarni duo qilish

Assalomu alaykum! Ustoz men shunday duo qilishim joizmi inshAlloh ijobat etiladimi? Ey robbim qiyomatda mening ustimdan davo qilguvchilarni O‘zing rozi qilgin ular qiyomatda mening ustimdan davo qilmasinlar albatta O‘zing xisob kitob qilguvchilarning ulug‘idirsan. Misol men kimlardandir ozgina qarzim bor bo‘lsa yoki qolib ketgan bo‘lsa yoki esimdan chiqib ketganlari bordir yoki misol topa olmay yurganlarim bor. Asli ular arzimagan chaqa lekin qarz masalasi juda og‘ir. Shuning uchun ushbu duoni aytib va savob umid qilmasdan qiyomatda mening ustimdan davo qiluvchilarning nomai amollariga yozdirgil deb ora orada exson qilib duo qilsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh banda bilan bandaning orasidagi oldi-berdiga aralashmaydi. Shuning uchun oldi-berdini yozib qo‘yish muhim bo‘lgani uchun Qur’oni karimda bir bet to‘liq oldi-berdini yozishga targ‘ib qilingan. Esingizda yo‘qlari tomondan ehson qilib turishingiz yaxshi ish. Har bir muomalani detaligacha yozishni yo‘lga qo‘yish kerak. Odamlar nima deb nom qo‘yib olishsa ham parvo qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 151 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar