Tahoratda el chiqsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar namozda ovozsiz va hidsiz juda qisqa el chiqsa ham tahorat ketadimi? Menda tuqqanimdan so‘ng shunaqa bo‘lib qolgan, bu odatiy eldan farq qiladi? Ko‘pincha namozni to‘xtatmay o‘qib ketaveraman, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol kishining orqasidan chiqsa tahorat ketadi. Bola chiqadigan joyda chiqsa bu bilan tahorat sinmaydi. Chunki u tashqaridan kirgan havo hisoblanadi. ba’zi bir ayollarda esa old va orqa birlashib ketib qolgan bo‘ladi. Buni shariatimizda mufdoot deyiladi. Agar shunday bo‘lsa orqadan chiqish ehtimoli bo‘lgani uchun havo chiqsa ham tahorat yangilaniladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar