Soliha juft haqida hadis
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan quyidagicha hadis kelgan deb eshitdim. “Soliha ayolda 3ta fazilat bo‘ladi: yori yo‘qligida nafsini va molini himoya qiladi, erini aytganini bajaradi va ko‘zni quvnatadi”. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! وَقِيلَ: ياَ رَسُولَ اللهِ، أَيُّ النِّسَاءِ خَيْرٌ؟ قَالَ: الَّتِي تَسُرُّهُ إِذَا نَظَرَ، وَتُطِيعُهُ إِذَا أَمَرَ، وَلَا تُخَالِفُهُ فِي نَفْسِهَا وَلَا مَالِهَا بِمَا يَكْرَهُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ «Ey Allohning Rasuli! Qanday ayollar yaxshi?» deyildi.
«Nazar solsa, uni xursand qiladigan. Amr qilsa, unga itoat qiladigani va o‘z jonida va molida (eri) yoqtirmaydigan narsa ila unga xilof qilmaydigani», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda er uchun eng yaxshi xotinning ba’zi sifatlari haqida so‘z ketmoqda:
1. «Nazar solsa, uni xursand qiladigan».
Demak, er nazar solsa, xursand qiladigan ayol eng yaxshi ayollarda bo‘ladigan sifatlarga ega bo‘lar ekan.
Bu ayolning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi va axloq-odobi kabi narsalarni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi ayol bo‘lish umididagi qizlarimiz, ayollarimiz ushbu narsalarga alohida e’tibor berishlari kerak. Erlarining ko‘zlariga doimo xursand qiladigan ravishda ko‘rinishga harakat qilishlari lozim.
2. «Amr qilsa, unga itoat qiladigani».
Erga itoatkor bo‘lish ayollarning eng go‘zal, eng yaxshi sifatlaridan biridir.
Albatta, bu erda shar’iy ruxsat berilgan ishlar doirasida itoatkorlik haqida so‘z ketmoqda. Gunoh ishlarda itoat qilish mumkin emas.
Chunki Xoliqqa ma’siyat ishlarida maxluqqa itoat qilinmaydi.
Er oila boshlig‘i bo‘lganidan keyin oila a’zolari, jumladan, ayol unga itoat qilishi kerak.
Eriga itoatkor ayol eng yaxshi sifatlardan biriga ega bo‘lgan ayoldir.
Eriga itoat qilmaydigan ayolni mutlaqo yaxshi ayollar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi.
3. «O‘z jonida va molida (eri) yoqtirmaydigan narsa ila unga xilof qilmaydigani».
Boshqacha qilib aytganda, eng yaxshi ayol sifatiga sohiba bo‘lmoqchi bo‘lgan ayol eriga yoqmaydigan ishlarni qilmasligi kerak.
Chunki shu tufayli oilada urush-janjal chiqishi, o‘zining halovati yo‘qolishi, hatto oila buzilib ketishi ham mumkin.
Yana ayol kishi o‘z molini eri yomon ko‘radigan narsalarga sarflamasligi lozim. Ana shunda u eng yaxshi ayolning yana bir sifatiga ega bo‘ladi.
Ushbu hadisda zikr qilingan uch sifatni o‘zida mujassam qilgan ayol eng yaxshi ayollardan bo‘lishiga shubha yo‘q.
Mo‘mina-muslima ayol-qizlarimiz ushbu hadisi nabaviyda zikr etilgan oliymaqom sifatlarni o‘zlarida mujassam qilishga harakat etmoqlari lozim.
Shu bilan birga, jajji qizchalarimizni yoshliklaridan ana shunday go‘zal sifat sohibalari qilib tarbiyalamog‘imiz zarur. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 221 | Hadislar