Tushuntirish maqsadida

Assalamu alaykum xurmatli Ustoz. Savolim quydigicha: Birovga nasixat qivotganda yoki amru marufda zaif xadislardan foydalansa boladimi? Extimol, usha odam shu xadisga qarab ish qilishiyam mumkin? Allox sizdan va barchamizdan rozi bolsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Zaif hadisni rivoyat qilish hukmi. Hadis ahli bo‘lgan ulamolarning va boshqa ulamolarning nazdida zaif hadislarni rivoyat qilish joizdir. Ularning sanadida bir engil tarafini zaifligini bayon qilmasdan olsa, bo‘laveradi. Zaif hadisni rivoyat qilishda ikkita shart bor: A). Zaif hadis aqidaviy masalalarga bog‘liq bo‘lmasin. B). Zaif hadis shar’iy ahkomlarga, xususan, halol, haromga bog‘liq masalalarni bayon qiluvchi hadis bo‘lmasin. Zaif hadislarni rivoyat qilish va’z - nasiyxat, targ‘ibot, qo‘rqitish, qissa aytish bobida va shunga o‘xshagan narsalarda bo‘lsa, joizdir.Zaif hadislarni engil olib, rivoyat qilgan kishilarni ichida Sufyoni Savriy, Abdurrohman ibn Mahdiy, Ahmad ibn Hanballar borligini ulamolar ta’kidlashadi. Eslab qolish kerak bo‘lgan narsalardan biri shuki, agar hadisning sanadini zikr qilinmasdan rivoyat qilinayotgan bo‘lsa, Rasululloh aytdilar, undoq dedilar, bundoq dedilar, deb bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan ekan, bizga etib kelgan ekan, deb Rasulullohga aniq etib borganini ifoda qilmaydigan so‘zlar bilan aytish kerak. Bu kabi hadislarni jazm bilan, rivoyat qilib bo‘lmaydi. Chunki, uning zaifligi ma’lum bo‘lgan.

7 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 134 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar