Xaq masalasi
Assalomu alaykum! Men shafyorman xozirda oilamni kira bilan boqyapman. Xabaringiz bor zamon rivojlanib taksistlar turli xil firmalar orqali buyurtma olib ishlaydi. Shular kabi men xam Royal firmasiga kunlik 15 ming so‘mdan to‘lov qilib ishlayman. U firmalar ish beruvchi emas balkiy mijoz bilan o‘rtamizda axborot beruvchi vosita xolos. Yaqinda firmalar orasidagi raqobat uchun o‘zlarini xisobidan emas bizni xaqqimizdan raqobat qilgan xolda xech qanday ogoxlantirishlarsiz minimalka narxlarini xamda km narxlarini pastlatgan xolda mijozlarga e’lon berib yubordi vaxolankiy biz shafyorlar jamoasi bundan bexabar edik. O‘zlarni kunlik to‘lovlarini esa 15 ming so‘mdan 12 ming so‘mga tushirib qo‘ydi. Biz buni shafyorlar xaqqiga xiyonat deb bildik. Negaki bir kunda 15 ta mijoz tashisak ko‘pi bilan 30-40 ming ziyon qilyapmiz. O‘zi ilgargi narxida xam arenda va oziq ovqatga zo‘rg‘a oshinar edik. Xozirda deyarli oshinolmay qoldik. Bu erda kim xaq kim noxak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min banda ibodatda, halol, haromda, boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatda, qo‘yingki dunyodagi har bir ishda Allohga taqvo qilishi zarur. U xoh olim bo‘lsin, xoh amir bo‘lsin, xoh boy bo‘lsin, xoh kambag‘al bo‘lsin, kim bo‘lsa ham yaratganning kuzatuvini, qiyomatda qilinajak hisob-kitobini unutmasligi kerak. Bir lahzalik dunyo orzulari deb birovga zulm qilishdan saqlanishi lozim. Daladagi dehqon, bozordagi savdogar, ustaxonadagi muhandis, sartarosh, nonvoy, qo‘yingki barcha insonlar o‘z mehnati uchun ko‘proq haq olgisi keladi. Bu uchun shariat alohida cheklovlar qo‘ymagan. Ammo iqtisodiyotning o‘zi har bir narsaga munosib bahoni shakllantiradi. Agar siz aytayotgan o‘sha tashkilot sizningcha zulm qilayotgan bo‘lishi mumkin, ammo yo‘lovchilarning fikricha bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Qolaversa, siz faqat o‘sha tashkilot bilan ishlashga majbur emassiz. Ulardan zulm ko‘rayotgan bo‘lsangiz, darhol hamkorlikni to‘xtatib, boshqa tashkilot bilan ishlashingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar