Bolaning siydigi

Assalomu alaykum! Opam namoz o‘qiydi yosh bolasi bor, aytayaptiki namoz o‘qidim o‘qib bo‘lib qalbimda shubxa uyg‘ondi shu hozir namoz o‘qiyotgan ko‘ylagim bilan o‘g‘limni siydigiga bilmay o‘tirib olgan bo‘lsam lekin buni bilmagan bo‘lsam va shu kiyimda namoz o‘qigan bo‘lsam nima bo‘ladi, axir namozni siydik kiyimda o‘qib qo‘ydim endi u namozimni boshqatan qazosini o‘qiymanmi deyapti. Qanday yo‘l tutsin? 2). Taxoratim bo‘lmasa (yoki xayz holatida bo‘lsam) bir diniy kitob o‘qiyotgan bo‘lsam shunda Qur’onni karimdan oyatlar kelib qolsa men taxoratsiz holatimda ham diniy kitobdagi oyatni o‘qisam bo‘ladimi yoki telefondagini ham? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siydik ustiga o‘tirib olsa siqsa suv chiqmaydigan darajada nam bo‘lsa zarari yo‘q. 2). Bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar