Sahobaning hadyasi

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar Noimon ibn Amr degan bir saxoba Payg‘anbarimiz sollallohu alayhi vasallamni xursand qilish uchun bozorga borib eng yaxshi mevalar, ovqatlar, yaxshi narsalar olib Rasullulohning oldilariga borib “yo Rasulluloh men sizga shularni xadiya qilmoqchiman” der ekanlar. Rasulluloh alayxissalom olib tanavul qilar ekanlar. Birozdan keyin mevalarni sotuvchisi kelib Noimondan pulini so‘rab kelsa Noimon sotuvchini Rosullohning oldilariga olib kelib “yo Rasulluloh xaligi narsalarni pulini bunga bervorin” derkanlar. Shuna Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sen menga buni xadya qilmaganmiding” derkanlar. Noimon “yo Rassulluloh sizga xadiya qilgandim, ammo bularni to‘lashga pulim yo‘q, lekin shularni siz eyishingizni xoxladim. Shuning uchun sizga olib keldim” derkanlar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabbassum qilar va mevalarni pulini sotuvchiga berarkanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xar safar Madinaga Noimon kelsalar shu ishni takrorlarkanlar va Rassullohni kuldirar ekanlar. Shu xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan hadis quyidagi. حدث محمد بن عمرو بن حزم عن أبيه قال: كان بالمدينة رجل يقال له نعيمان , وكان لا يدخل في المدينة رسل ولا طرفة إلا اشترى منها , ثم جاء به إلى النبي صلى الله عليه وسلم فقال: يا رسول الله , هذا هدية لك .
فإذا جاء صاحبه يطلب ثمنه من نعيمان جاء به إلى النبي صلى الله عليه وسلم فقال: أعط هذا ثمن هذا , فيقول رسول الله صلى الله عليه وسلم: " أو لم تهده لي " . فيقول يا رسول الله لم يكن عندي ثمنه , وأحببت أن تأكله , فيضحك النبي صلى الله عليه وسلم , ويأمر لصاحبه بثمنه
 Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Madinada Nu’aymon ismli kishi bo‘lib, sut yoki yangi mevalar kelsa sotib olar, so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib kelib, “Ya Rasululloh bu sizga hadya” der edi. Qachon egalari kelib Nu’aymondan pulini talab qilsa uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelib “Bunga buni pulini bering” der edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uni menga hadya qilmaganmiding” desalar, “Ya Rasululloh oldimda unga beradigan pulim yo‘q edi, siz uni eyishingizni yaxshi ko‘rdim” der edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib egasiga pulini to‘lab qo‘yishga buyurar edilar. (“Alloh isti’ab fii ma’rifatil ashab” kitobidan). Sanadini bilmadik. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar