Hom sarimsoq piyoz
Assalomu alaykum! Dinimzni o‘rganishda Alloh taolo bildirgancha ilm o‘rganib bormoqdaman Alhamdulillah. Hayotda Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga qurbim etgancha rioya qilib kelaman. Ushbu bilganlarim orqali hom sarimsoq eb namozga kirishni qoralayman (qazo bo‘p qolish bundan mustasno). O‘zim iloji boricha hom sarimsoq emayman, sarimsoq eb noxush hid bilan namozga kirmayman va boshqalarga ham atrofimdagilarga ham shuni uqdiraman. Savolim shuki bir kuni akam bilan shu mavzu bo‘yicha gaplashib qoldik akam saytlaringizdan sarimsoq eb namozga kirsa bo‘laverishi haqidagi fatvoni ko‘rsatdilar. Men o‘yladimki sizlar namoz qazo bo‘p qolishini yoki jamoatga ozor bermaslik, masjidlarga bormaslik takidlangan degan maqsadda ushbu fatvoni bergansizlar deb o‘yladim. Lekin mening fikrimcha sarimsoq eb noxush hid bilan namozga kirish bu namozga nizbatan hurmatsizlik chunki namozda Alloh taolo qarshimizda turishi, namozga kirishdan avval pok bo‘lib barcha noxushliklardan holi bo‘lish kerak deb o‘ylayman. Mening fikrimga sizlarning fikrlaringizni bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunchaga ega ekansiz. Sarimsoq piyoz halol, eyish ham joiz. Faqat u bilan jamoat namoziga brrish durust emas. Bu degani sarimsoq piyoz egan odamdan namoz soqit degani emas. Bilmasdan cho‘chqa go‘shtini eb qo‘ygan bo‘lsa ham zimmasidan namoz soqit bo‘lmaydi. Tushunchangizni to‘g‘rilab oling. Dinni to‘g‘ri tushunishga harakat qilayotganingiz quvonarli holat. Faqat o‘z tushunchangizga suyanib qolmang. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar