Mayyitni ko‘targanda o‘qiladigan namoz
Assalomu alaykum! Bizda mayit ko‘tarilgan o‘sha xonadonda namoz o‘qish kerak diyishadi. Yo‘l namozi o‘qinglar deyishadi. Shu namoz xaqida ma’lumot bormi. Vaqtingizni olganim uchun uzr. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday namoz yo‘q. Biror musibat etganida yoki insonni g‘amga soladigan ish ro‘y berganida namozga shoshilish bor. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ 153. Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘¬ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham biror bir mushkilot ro‘baro‘ kelsa namozga shoshilar edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhu safardaliklarida akasi Qusam ibn Abbosning shahid bo‘lganining xabari etdi. Eshitiboq istirjo(Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz)ni aytdi. So‘ng yo‘ldan chetga o‘tib ikki rak’at namoz o‘qidi. Uzoq sajda qildi. So‘ng uloviga minib Alloh taoloning “Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir” oyatini o‘qidilar. Xalqimizda boshiga musibat tushganda ushbu oyatga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilingan. Keyinchalik esa odamlar bu amallarni ba’zi bir o‘rinlargagina xoslab olishgan. Aslida har qanday musibat yoki mushkilotlarda tezdan namozga shoshilish kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar