Xizmat ko‘rsatish
Assalomu alaykum. Hurmatli Shayx hazratlari!Bir do‘stim ancha yillardan buyon chet elda istiqomat qiladi. Hozirda iqtisodiy holati ham ancha yaxshi. Yaqinda u menga bir taklif bilan murojaat qildi. Taklifining mazmuni, O‘zbekistondan do‘stim yashaydigan mamlakatga ishchi kuchi yuborish. Do‘stim u erda kichik qurilish firmasi ochgan, unga qurislish sohasini yaxshi egallagan ustalar kerak. Bu erdan ishga boraman degan yigitlarning boshlang‘ich barcha sarf xarajatlarini (viza, bilet, yotoqxona va h.k) do‘stim o‘z zimmasiga oladi. Ishchi yigitlarning hujjatlari tortib olinmaydi, ular o‘sha mamlakatda rasmiy ishchi sifatida faoliyat yuritishadi. Ishga borgan yurtdoshimiz mehnat faoliyatini boshlab, daromad ola boshlagach, oyma oy uyiga pul jo‘natish bilan bir qatorda do‘stim qilgan xarajatlarni qoplab beradi va olayotgan daromadining muayyan qismi do‘stimga tegadi. Mening vazifam esa, bu erdan unga munosib ustalarni topib berishdan iborat. Shunga yarasha men ham yuboriladigan har bir ishchi yigit uchun muayyan haq olaman. Do‘stim va mening shu tariqa daromad olishimiz joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ishchilar bilan hamma narsani ochiq aytib shartnoma tuzilsa, ular shunga rozi bo‘lishsa, bo‘ladi.
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ishchilar bilan hamma narsani ochiq aytib shartnoma tuzilsa, ular shunga rozi bo‘lishsa, bo‘ladi.
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom