Shu holatda qurbonlik joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli, yaqinda otam bilan qarz haqida ko‘p gaplashdik. Dadam o‘g‘lim qarzdor odam aqiqani qilmasligi keraq qarzini oldin ado qilishi kerak deb qoldilar. Aqiqa qilish sunnatligini aniq bilgan holimda unday emasdir dedim. Dadam qidirib ko‘r dedilar keyin men tabiiyki shu saytga murojaat qildim. Izlash xizmatidan foydalanganimda Shayx hazratlari hayotlik chog‘larida berilgan ayni shu savolni javobi bilan o‘qidim. Haqiqatan ham qarzdor inson avval qarzini to‘lashi keyin aqiqa qilishi kerak ekan. Hayron qoldim: hattoki sunnat amaldan ham avval qarzni ado qilish kerak ekan ota to‘g‘ri aytibsiz dedim. Otam qarzdorlik juda og‘ir o‘g‘lim dedilar chunki 1,5 yildan beri qarzlarini odamlardan ololmasdan xunoblar. Hozirgi masala esa quyidagicha: Men yaqinda uylandim. Quda bo‘lgan oilada qaynota-qaynonam farzandlari 5 qiz va bir o‘g‘il. Dastlabki 2 ta qiz turmushga chiqishgan ikkinchisini men nikohimga oldim. Yaqinda qaynotam sinovga duch kelib qoldilar, bemorlar. Chap taraflari to‘liq ishlamaydi. Shifoxonaga yotganlar. Kecha ayolim menga: otam: qurbonlik berib yuboramiz deyabtilar deb aytib qoldi va norozi bo‘ldi. Oilasidagi ahvolni hisobga olib. 1. Yashayotgan uylariga har oy kredit to‘lash kerak. (Bu kredit ham o‘zi joiz emas ko‘p o‘qiganman) 2. Uchinchi qizi kontakt asosida o‘qiydi va 3-kurs. Kontrakt ham 8-9 million so‘m atrofida. 3. To‘rtinchi qiz esa bu yil o‘qishga kirsa u ham kontrakt bo‘lishi mumkin ammo grant asosida kirsin In Shaa Alloh. 4. Keyingi qiz esa repetitoriga har oy pul to‘lash kerak. 5. Eng achinarlisi svetdan qarzdorlik bor ekan ularda. 6. Qaynotam o‘zlari bemorlar va ta’minot hozircha sal oqsagan bilishimcha. Men davlatdan qarzdorlik u, umuman joiz emas shuncha narsa turib qurbonlik berish dedim. Men bu narsalarni sizlarni bir savolga javobingizdan bilganman. Kredit olib qo‘ydik oldin joizmasligini bilmagan edik endi nima qilamiz degan savolga bergan javobingizda: tezroq to‘lab qutuling va bu ishga ikkinchi qo‘l urmang degan mazmundagi gaplar bor edi. Svetdan qarzdorlik esa bu davlat darajasidagi qarz hisoblanadi. Vaziyatni men hali qisqacha mazmuni haqida aytdim. Shunday holatda qurbonlik berish joizmi? ( Qurbon hayitida ) O‘zi umuman shunday moliyaviy ahvolda ehson berish mumkinmi yaxshi bo‘lib ketdim deb? Menimcha 2 rakat shukur namozini o‘qib qo‘yish ham kifoya qilsa kerak aynan shu holat uchun. Biz ayolim bilan shu savolga javobni ularga ko‘rsatmoqchimiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga qurbonlik vojib emas, balki qarzni to‘lashsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:04 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga qurbonlik vojib emas, balki qarzni to‘lashsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:04 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar