Uydan meros

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im va men 5 mahal namoz o‘qiymiz. Bir uyda erimning akasi va oilasi bilan turamiz. Shu kunlarda qaynonam kunda janjal qilib, boshqa uyga chiqib ketishimizga ilojimiz yo‘qligini bilsa ham bizni uydan chiqib ketishimizni uy esa qayinimga qolishini talab qilyapti. Shu 6 oylar ichida qaynonamda juda katta o‘zgarish bo‘layotganini hamma sezayapti va qaynimning turmush o‘rtog‘idan issiq-sovuq qilganligida shubha qilinyapti. Bu janjallar men va qizimga qattiq ta’sir qilyapti va turmushim buzilish arafasida. Qaynonamga qanday qilib to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish mumkin? Farzand yashayotgan uyidan haq talab qilishi mumkinmi? Bunday holatda uyim tinchligi uchun, ko‘ngil xotirjamligi uchun qanday kundalik duolar o‘qish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaynotangiz vafot topgan bo‘lsa va uy qaynotangizga tegishli bo‘lsa merosdan eringizni ham ulushi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar