Alimentni boshqa narsaga ishlatish

Assalomu alaykum! Man 2015-yildan beri bir nafar 5 yoshli o‘g‘lim uchun aliment olib kelaman. 2019-yilning yoz oyini oxirigacha o‘zim olib farzandim va ota-onam extiyojlari uchun ishlatar edim. Ko‘proq ota-onam bilan yashaganim uchun oziq-ovqat uchun yoki boshqa to‘lovlar uchun sarflirdim. Yoz oyining oxirida turmushga chiqdim va turmush o‘rtog‘im boshqa aliment olmasligimi aytdi. Man voz kechmasdan onamga mani o‘rnimga olishlari uchun vakolat berdim konun doirasida. Xozir sobiq erimdan kevotgan alimenti xozirgacha ota-onam o‘zlarini extiyojlari va payti keganda uy remonti uchun xam ishlatishdi. Ota-onam xich qatda ishlashmidi, singlimning oyligiga va do‘konimiz ijara xaqqiga kun ko‘rishadi. Shu sababli alimentni oziq-ovqat uchun va boshqa extiyojlari uchun rozi bo‘lib berganman. Xozirda man o‘g‘limni xaqqini ota-onamga berib o‘ziga sarflamayapganim uchun gunoxkor bo‘lib qomayamanmi? O‘zim Alloh farzlarini Payg‘ambarimiz alayxissalomning sunnatlariga muvofiq yashashga xarakat qilaman. Shu sababli xozir shu tushinmagan bilmaganini siz orqali bilib olib gunoxkor bo‘lib qomiy divotudim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘layapsiz. Balog‘atga etmagan bolaning roziligi e’tiborga olinmaydi. Haqqini to‘lashlaringiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar