Qiroat bilan namoz o‘qish, savolga qo‘shimcha savollar

Assalomu alaykum! #6266 berilgan savolni o‘qib, o‘z-o‘zidan boshqa savollar tug‘uldi. Iltimos yordam bersangizlar. 1. Masalan peshin va asr namozlarini, masjidda jamoat bilan xufyona o‘qiladi. Agar biz uyda o‘qisak, qiroat qilish joizmi yoki ichimizda, lablar qimirlatib o‘qisak kifoyami? Masjidda bo‘lsa jamoatga ulgurmasdan masjidni o‘zida yakkahol o‘qilsa, qanday o‘qiladi? 2. Bomdod, shom va xufton namozlarida eng kamida oldimizdagi boshqa inson eshitishi joizmi? Masjidda yakkahol o‘qilsachi? 3. Bir oyat qiroat qilish joiz debsiz, Bir oyat “fotiha”danmi yoki bir oyat zam suradanmi? Yoki kichik sura bo‘lsa, to‘liq surani qiroat qilish kerakmi? 4. Zam sura deyilganda, o‘rniga katta suralardan oyatlar o‘qisa ham bo‘ladimi? Oyatning soni qancha bo‘lishi kerak, namoz ado bo‘lishi uchun? 5. Katta suralardan oyat o‘qilganda, surani boshidan boshlash kerakmi yoki deylik, surani o‘rtadagi xoxlagan oyatlaridan o‘qilsa ham bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘zi eshitadigan darajada o‘qiladi. 2). Yakka o‘qilsa ixtiyorli. 3). Kichik sura bo‘lsa to‘liq. 4). Bo‘ladi. Zam sura uchun uzun bo‘lsa bir oyat ham kifoya qiladi. 5). Bilgan joydan o‘qilinaveradi, lekin Qur’onda ham gapni boshi, o‘rtasi va oxiri degan narsalar bor. Ba’zi birlar gapni o‘rtasidan boshlab ketaveradi. Masalan olmoshdan boshlab ketadi. Vaholanki u olmosh kimga tegishliligi eshitib turgan odam tushunolmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar