G‘alati urf odatlarimiz xaqida

Assalomu alaykum! Biz o‘zbeklarning juda g‘alati urf - odatlarimiz bor. Yaqinda bir videoni ko‘rib qoldim qaysi viloyatda bilmadimu lekin aniq O‘zbekistonning, viloyatlaridan biri. To‘yda kuyov va kelinni davraga chiqarib qo‘yisharkan va kuyov xammaning ko‘z o‘ngida kelinga tarsaki tushirishi kerak ekan. Men ko‘rgan videoda kuyov kelinni shunday urdiki kelin bechora yiqilib erga yotib qoldi xamma kulib yotibdi kuyov xam xammanga qo‘shilib kuladi. Shu payt kimdir kelib kelinni o‘rnidan turg‘azib qo‘ydi. Qaysi viloyat bo‘lsa xam shu qilaetgan ishlari to‘g‘rimi? Ayollarni kaltaklash yomon gaplarni aytib so‘kish bular barchasi qattiq gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda ikkita harom ish bor. Birinchisi yuziga urish harom, ikkinchisi zulm qilgani harom. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar