Tahorat va kasallik

Assalomu alaykum! Men qiz bolaman. Hali turmushga chiqmaganman. O‘ng buyragim va chap tuxumdonimda kasallik bor. Suvga teginganim sari kasalligim ziyoda bo‘layotganini sezyapman. Hamma shartlarni bajarishga harakat qildim. 1 martadan a’zolarimni yuvib tahorat qilib ko‘rdim. 2 namozni vaqtini yaqin qilib ikki namozni bir tahorat bilan o‘qidim. O‘zi namozga yaqinda qaytgandim. Baribir og‘riqlar bor. Yaqinda xayzdan poklandim. Ammo 9kun davom etdi. Aslida 7kunda yaxshi bo‘lardim. Mana hozir g‘usl qilib ro‘za tutganman ammo ozgina qizil ajralma kelib qolyapti. Men ro‘zamni davom ettiraveraymi? 2. Hozir namoz o‘qimayapman. Bundan buyog‘iga nima qilay? Namoz jannatning kalitiku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qon kelishi 10 kundan oshib ketgan bo‘lsa odat miqdoringiz hayzdan bo‘ladi, qolgani istihoza bo‘lib o‘sha kunlarda qoldirilgan namoz va ro‘zalarning qazolarini ado qilasiz. 2). O‘qing, agar suv zarar qilsa tayammum qilib bo‘lsa ham o‘qing. Agar yuz qo‘lingizni yuvish zarar qilmasayu oyoqlarni yuvish zarar qilsa, yuz qo‘lni yuvib oyoqni to‘liq yuviladigan joyiga mash tortib oling. Shu ham zarar qila tayammum qilib o‘qiyvering. Namozni aslo qoldirmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 163 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar