Savdo sotuvchi tarafidan buzilsa?
Assalomu alaykum! Men bir do‘konni 10so‘mga sotib oldim. Shu do‘kondan bir yilda 10so‘m ijara ham oldim. Ya’ni, do‘kon menga tekinga qoldi. Lekin, sotgan odam, har-hil bahonalar bilan, hozirgacha notarius qibergani yo‘q. Keyin bilsam, do‘konni pulini 1yilda chiqarib olganimni ko‘rolmay, mendan do‘kon uchun olgan pulni ham qaytarmagan holda, do‘konni o‘ziga qaytarib olmoqchi ekan. Men esa: "Do‘konni menga bay asosida sotib, pulini to‘liq olgansiz. Do‘kon ham, olgan ijaralarim ham meniki" deyapman. Mening muammoim qanday yakun topishidan qat’iy nazar, savolim shuki, shari’atimiz bo‘yicha men haqlimanmi yoki umi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar holat ayni siz aytgandek bo‘lsa shar’an siz haqlisiz. Boshqacha bo‘lsa hukmi ham boshqacha bo‘ladi. Pulni olib bo‘lgan bo‘lsa bayni buzishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat