Onam ayolimdan ajrashasan deb turib olgan

Assalomu alaykum! Ayolim onamdan so‘ramastan oyligiga oyog‘iga narsa oludikan, menga aytudi oling degandim olibdi. Endi onam meni xurmat qilmadi “Ajrashasan, men rozimasman ajrashmasang” deb qattiq turvoldi. Besh maxal nomoz o‘qimiz xamamiz, ona rozi Alloh rozi deb turibdi. O‘rtada bolamiz bor, onam “Alloh ularni ajratirvor” deb duo qilayapti. Ayolimni haqorat qilganida “Unaka qilmang, keliniz Allohni omonati” desam eshitmastan boshqaga uylanasan diyapti. Nima qilishk erak?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ajrashmang. Ayolingiz sizga sigirmidiki onangiz aytgani uchun bozorga borib almashtirib kelaversangiz. Hozirgi qaynota-qaynonalar haddilaridan oshyaptilar. Bu ketishda ularni oxir oqibati xor bo‘lishdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Onangizga o‘zi yaxshi ko‘radigan yaxshi narsalardan sovg‘a qilinglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar