Masjiddagi jarayonlar?

Assalomu alaykum! Men Surxondaryoda yashayman, shu bois o‘z tumanimdagi masjidga namoz o‘qishga borganimda xar doim azon aytilayotganda "La ilaxa illa Alloh" kalimasida masjiddagi barcha namozxonlarimiz jo‘r bo‘lib qo‘shilib aytishadilar. Va maruzalar vaqtida xam duolar vaqtida xam payg‘ambarimiz ismlari aytildi deguncha barcha namozxonlar qo‘shilib birga aytishadilar. Yaqinda Allohimning marxamati ila Toshkentga o‘qishga kirib o‘qib yurib, juma kuni juma namozini o‘qish uchun Toshkentdagi bir masjidga kirdim. Va bizda azon aytilgandagi jarayonlar ("La ilaxa illa Alloh" kalimasiga qo‘shilishi) qilinmadi. Payg‘ambarimiz ismlari aytilgan xam xech kim qo‘shilib aytishmadi. Savolimdan maqsadim xammani qo‘shilsin demayman, shunchaki sizlardan iltimosim bu jarayonlarga shariatimiz qanday qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi kichik narsalarga ahamiyat bermang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar