Namozni buzish mumkinmi?

Assalamu a’laykum! Men oltin ishlab chiqarish korxonasida mashinist bo‘lib ishlayman. Ishxonamda namoz o‘qiyotgan paytimda ayrim xollarda qurilmalar avariyaviy to‘xtab qoladi. Shu paytda men tsianid eritmasining jumragini yopmasam korxonam xam va o‘zim xam zarar ko‘ramiz. Bundan tashqari fitna chiqishi xavfi yuqori. Shu xolatda namozimni buzishim joizmi? Yoki qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarar etishi aniq holatida namozni buzishga ruxsat bor. Qazo qilishga ruxsat yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar