Tijorat va xolat
Assalomu alaykum! Men akvarium tijoratida ishlayman, kundalik bo‘layotgan ish masalasida tushuncha bersangiz. Bizda shunday xolatlar mavjud insonlar bizga akvarium xajmini va narxini so‘rashganda biz ichidagi oyna aparatlari mexnat xaqini kerakli jixozlarni inobatga olib balandroq narx aytamiz. Bu kanchalik to‘g‘ri? Va yana baliqlarga kelganda narx-navosini so‘rashgan payiti bizda bo‘lmaydi, ammo o‘z oldimizdan olib sotishimiz xisobiga baliqning narxini xam o‘zimiz narxlab aytamiz ammo o‘z xisobimizdan sotib olamiz va sotamiz bu joizmi? Yani o‘zimizda bo‘lmasa ammo olishimiz aniq bo‘lsa o‘z xisobimizdan olishimizni inobatga olib suxbat vaxtida pulini aytish va shu ishni qilishni nazarda tutyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ko‘rsatadigan xizmatingiz va sotadigan molingiz uchun narx belgilash o‘zingizning ixtiyoringizda, insof bilan belgilash tavsiya qilinadi.2). O‘zingizda bo‘lmagan narsani sotishingiz joiz emas. Mijozlarga o‘sha mol hozirda sizda mavjud emasligi va uni topib, ularga falon narxda sotishga kelishishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar