savol yo‘llovchilar toifasi

Assalomu alaykum! Savol beruvchilar turlicha bo‘lar ekan. Shunday xulosaga kelindi.
1. Bilmaganini bilish uchun so‘rovchilar.
2. Domlaning bilimini sinash uchun so‘rovchilar.
3. Javobni boshqa domlaning javobi bilan solishtirish uchun so‘rovchilar.
4. Qaysidir masalada ruxsat olmaguncha ko‘plab domlalardan so‘rovchilar.
5. Boshqalar eshitib, bilib olsin degan maqsadda so‘rovchilar.
6. Domlani qiyin vaziyatga tushirish uchun ixtilofli, fitnali savollarni so‘rovchilar.
7. O‘rtada turib so‘rab beruvchi, vositachi so‘rovchilar.
8. Real voqelikda sodir bo‘lmagan narsalarni so‘rovchilar.
9. O‘ziga foydasiz narsalar xususida so‘rovchilar.
10. So‘raydigan zarur narsasini masjidga borib so‘rash o‘rniga, ko‘chalarda, mashinada domlaga duch kelib qolsagina so‘rovchilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri yozibsiz. Holis Allohning roziligi uchun ilm hosil qilib unga amal qilish uchun so‘rovchilarni Alloh umrini, rizqini, ilmini va solih amallarini ziyoda qilsin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar