Mualliflik xuquqi

Assalomu alaykum! Men talabalik paytimda soxamga (dasturlash) tegishli videokurslarni turli saytlardan tekinga yuklab olib o‘rganganman. Keyin ushbu kurslarning mualliflariga qiziqib ko‘rib ularni shaxsiy saytlarigi kirganimda bu kurslarni ma’lum bir narxga ega ekanligini bildim. Imkon topib ularni pulini to‘lashni o‘ylayapman. Shunday xolatda muallif bilan aloqaga chiqib vaziyatni tushintirib u bilan kelishib to‘lov qilishim kerakmi yoki o‘sha kurslarni agar xalixam sotuvda mavjud bo‘lsa sotib olsam bo‘ladimi (muallifga bu kurslarni menda mavjud ekanligini, avvalroq tekinga yuklab olganimni xabarini bermay xuddi yangi xaridordek). Sotuvda bo‘lmaganlarini o‘rniga shunga o‘xshash kurs uchun to‘lov kilsam bo‘ladimi? Iltimos shu masalada maslaxat bersangiz. Sizlarga ko‘p rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishib to‘lov qilib qo‘yavering. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar