Bug‘doy olib berib bug‘doy qaytarib olish
Assalomu alaykum! Ustozlar, bir kishi boshqa bir kishidan 500 ming pul so‘rab keldi. 2-kishi u pulni nima qilasan deb so‘radi. 1-kishi 100 kilo bug‘doy olaman dedi. 2-kishi o‘yladi va shunday fikrladi agarda men unga 100 kilo bug‘doy narxidagi 500 ming so‘m beradigan bo‘lsam 1 yildan kein u qayrayotgan 500 ming pulga 100 kilo bug‘doy sotib ololmayman, chunki narx navo oshgan bo‘ladi, shu sabablik agar unga bergan pulimni ustiga pul qo‘shib berasan deydigan bo‘lsam bu sudxo‘rlik bo‘ladi deb o‘ylab o‘zim unga 100 kilo bug‘doy sotib olib berib 1 yildan keyin 100 kilo bug‘doy qaytarasan desam sudxo‘rlik bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sudxo‘rlik bo‘lmaydi. 100kg bug‘doyni qarzga berib yana o‘shanchani qaytarib olgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar