Nima qilay yordam beringlar

Assalomu alaykum! Men xozir Singapurskiy instituti talabasiman, 1-kursni tugatay dedim. Lekin kelajakda kim bo‘lishim nomalum. Aytmoqchimanki institutimiz biznesga ixtisoslashgan. Mening fikrimcha biznes bu faqat bu dunyo uchun yordam beradi, misol uchun daromad, yaxshi yashash va hokazo. Lekin mening niyatim shunday ishda ishlashki bu dunyo uchun ham oxirat uchun ham foyda beradigan bo‘lsa. Shunga nima qilishga xayronman. Yoki xamma narsani yig‘ishtirib islom universitetigami yoki madrasagami topshirsammikin deyabman. Menga yo‘l ko‘rsatinglar iltimos. Javobingiz men uchun juda muhim iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha sohani mukammal egallang. Allohga olib boradigan yo‘l faqat madrasada o‘qish emas. Har kim o‘z iste’dodini o‘ta darajada ishga solib, qo‘ldan kelgan ishni qilib, topganini yaxshiliklarga sarflash kerak. Imom Buxoriyning otalari hozirgi kunga hisoblasa miliarder bo‘lganlar. Imom Buxoriy umr mobaynida hech qanday kasb qilmasdan faqat otalarining pullariga o‘qib hayot kechirganlar. Otasi “Mol dunyoimga bir tanga ham shubhali pul aralashtirmaganman” deganlar. Imom Buxoriyning har bir qilgan ibodatlari, yozgan kitoblarining savobida otasi ham barobar nasibador bo‘ladi. Boshqa hamma olimlarning otalari ham shunday miliarder bo‘lganlar. Ba’zi sanoqli olimlarni hisobga olmaganda. Sizni nimaga iste’dodingiz bo‘lsa o‘shani eng cho‘qqisiga etguncha harakatni to‘xtatmang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar