Qaramog‘imdagi etim o‘g‘il

Assalomu alaykum! 1. Otam 2ta o‘g‘li va bir qiziga 1ta va 2tadan uyini vasiyat qilib qoldirsayu 4-qiziga o‘zining 2ta uy va mashinasi bo‘lgani uchun uy qoldirmasa, ya’ni Qur’oni Karimda aytilganidek hammaga munosib taqsimlamasa otam noto‘g‘ri qilgan va gunohkor bo‘ladimi? 2. Men eri vafot etgan bir 4 yoshli o‘g‘li bilan beva qolgan ayolga uylandim. Xotinim ham o‘g‘li ham juda baxtli. Ularning islomiy tarbiyasi va taminoti mening bo‘ynimda. O‘g‘liga davlatdan boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi 550 ming so‘m oladi. Shu pulni majbur bo‘lib qolganimda ozrog‘ini o‘zimga oilam kelajagi uchun halol manfaat uchun ishlatsam bo‘ladimi yoki etim bolaning o‘z onasi o‘z ro‘zg‘orimizga ishlatsa bo‘ladimi? Nima bo‘lgan taqdirda ham bu etim bolaning manfati va moddiy va manaviy taminoti boshqa etuk etim bo‘lmagan bolalar manfaati va taminotidan kam bo‘lmaydi! Men etim haqqidan juda qo‘rqaman, ammo bandamanda! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tirikligida taqsim qilib bersa gunohkor bo‘lmaydi. 2). Siz u pulni ishlatmang. Faqat o‘sha etim bolaning o‘ziga ishlating. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar