Lutfulloh ismi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Qilayotgan savobli ishlaringizni ajrini O‘zi ko‘paytirib bersin. Savolim, Lutfulloh ismi haqida kengroq ma’lumot so‘ramoqchidim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Lutf bir necha ma’noni anglatib ulardan ba’zilari ishdagi muloyimlik, Alloh taolo tarafidan bo‘ladigan yordam, tavfiq, tuxfa va hadiyalarni ham bildiradi. Shundan “Lutfulloh” – Allohning lutfu marhamati, yordami-tavfiqi degan ma’noda bo‘ladi. Lutfilla kabi tarzda buzib aytmaslik lozim. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar