Qarzni zakot deb kechish

Assalomu Alaykum hurmatli ustozlar! Avvalambor kirib kelgan Rózayi Ramazon oyi bilan tabriklayman. Qilayotgan sovobli ishlaringizni Ollohim barakasini bersin. Savolim shundan iborat edi: mandan bir tanishim 2 kunda qaytarib berish sharti bilan pul qarz olgan edi. Oradan 3-4 oy otayotgan bo‘lsa ham qaytarolgani yo‘q hozirgacha. Shu pulni man unga Ramazonda beriladigan zakot hisobidan bersam yani o‘sha qarzni undan kechsam Zakot o‘rniga o‘tadimi? Zakotni hisoblashda asosan nimalarga etibor berishim kerak? Javoblaringiz uchun oldindan kottakon rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Kechish bilan zakot ado bo‘lmaydi.
Savol: Qarzga berilgan mablag‘ni zakot o‘rniga hisoblash mumkinmi?
Javob: Mumkin emas. Chunki, zakotning ado bo‘lish sharti zakotni berayotgan vaqtida zakot ekanligini niyat qilishdir. Lekin, faqir qarzdorga qarz berguvchi zakotini mulk qilib berib, so‘ngra undan qarzini qaytarib olsa bo‘ladi. Ammo, qarzdor boy bo‘lsa, bunday qilish durust emas. وَحِيلَةُ الْجَوَازِ أَنْ يُعْطِيَ مَدْيُونَهُ الْفَقِيرَ زَكَاتَهُ ثُمَّ يَأْخُذَهَا عَنْ دَيْنِهِ  “Zakotni qarzdan ado bo‘lish yo‘li, haqdor faqir qarzdorga zakotini berib, so‘ng uni qarzi evaziga qaytarib olishidir”. (Raddul muhtor). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar