Amaliga qarab

Assalomu alaykum! Odam amaliga qarab jannatga yoki duzaxga kiradi deb ko‘p eshitganman. Agar taroz pallasi teng bo‘lib qolsa yoki gunohi ko‘p bo‘lsa jannatga kiradimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا يَدْخُلُ النَّارَ أَحَدٌ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةِ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ، وَلَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ أَحَدٌ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةِ خَرْدَلٍ مِنْ كِبْرِيَاءَ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida bir dona xantal urug‘i og‘irligida iymoni bor odam do‘zaxga kirmaydi. Qalbida bir dona achitqi urug‘i og‘irligida kibriyosi bor odam jannatga kirmaydi», dedilar». Sharh: Bu hadisi sharifda kibriyo iymonning qarshisiga qo‘yilmoqda. U do‘zaxga tushishga bosh omil bo‘ladigan kufrning o‘rniga qo‘yilmoqda. Aslida iymon jannatga tushishning, kufr esa do‘zaxga tushishning bosh omili hisoblanadi. Achitqi urug‘i og‘irligi xuddi shu ikki narsada hisobga olinadi. Ammo bu hadisda kufrning o‘rniga kibriyo qo‘yilibdi. Bundan ushbu yomon xulqning qanchalar xavfli ekanini anglab etmog‘imiz va undan xalos bo‘lishga harakat qilmog‘imiz lozimligi kelib chiqadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar