Ikkita shaharda uyi bor odamning namozi
Assalomu alaykum! Men Toshkentda yashayman, lekin buxorodayam uyim bor. Ba’zi-ba’zida ish bilan buxoroga kelib turaman. Buxoroga kelgan paytim namozlarimni qasr qilib o‘qiyman. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi fiqhiy kitoblarda «Vatani asliy boshqa bir vatani asliy sababidan bekor bo‘ladi», deyilgan. Lekin alloma Ibn Humom aytadilarki:فَانْتَقَلَ عَنْهُ وَاسْتَوْطَنَ غَيْرَهُ قَيَّدَ بِالْأَمْرَيْنِ فَإِنَّهُ إذَا لَمْ يَنْتَقِلْ عَنْهُ بَلْ اسْتَوْطَنَ آخَرَ بِأَنْ اتَّخَذَ لَهُ أَهْلًا فِي الْآخَرِ فَإِنَّهُ يُتِمُّ فِي الْأَوَّلِ كَمَا يُتِمُّ فِي الثَّانِي «Avvalgi vatani asliyning bekor bo‘lishi uchun ikki narsa shart qilingandir:
– Avvalgi vatandan ahli ayoli bilan birga ko‘chib ketib, mutlaqo aloqani uzish, ya’ni u erda boshqa yashamaslikni niyat qilish.
– Boshqa bir joyda yashashni niyat qilib, vatan tutish. Shuning uchun agar bir kishi o‘zining avvalgi vatanidan butunlay aloqani uzmasdan, boshqa bir shahardan uy sotib olib, u erda ham doimiy yashashni niyat qilsa, avvalgi vatan bekor bo‘lmaydi». (Fathul qodiyr).
Agar ikki joyda yashashni niyat qilsa, ikkalasi ham vatani asliy bo‘ladi. Agar avvalgi vatanidan ahli ayoli bilan birga ko‘chib ketsa va u erda yashashga joyi va erlari qolsa, bunday holda vatani asliy bo‘lishi xususida ulamolar turlicha fikrlarni aytib o‘tganlar.
Ba’zilar aytadilarki, «Vatani asliyda xotin, bola-chaqa va uy-joyga ega bo‘lish e’tiborli emas. Chunki musofir bir shaharga borib, uylansa, ayolining uyi unga vatani asliy bo‘ladi. «Fatavoi qozixon» sohibi aytadilar:وَإِن تَأهَّلَ بِها كَانَ كُلٌّ مِن المَواضِعِ وَطَنَاً أصلِيّاً لَهُ «Bir kishi biror joyga borib (ichkuyov bo‘lib) uylansa, o‘sha joy unga asliy vatan bo‘lib qoladi» (Fatavoi qozixon). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar