Eb-ichishdan savob hosil bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! «Egan-ichgandan xosil bo‘lgan savob…» deb ba’zilar duo qilishadi. Shu to‘g‘rimi? Egan-ichgandan savob xosil bo‘lmaydi deb bir imomdan ma’ruzada eshitgandim. Egan-ichganga ya’ni rizqimizga Allohga hamd-sanolar aytish joiz deb bilganman, ammo bundan savob borligini bilmayman. Javobingiz uchun oldindan minnatdorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taomni “Bismillah” bilan boshlab, sunnatga muvofiq eb, toat va yaxshiliklarga quvvat bo‘lsin deb eyish va uni ibodatga sarflash savobli amal hisoblanadi. Ammo hadeb «Egan-ichgandan xosil bulgan savob…» deb bag‘ishlash ko‘p o‘rinlarda to‘g‘ri ham bo‘lmaydi. Chunki kekirtagigacha taom eb orqasidan ibodat qilish o‘rniga ovqatni singdirish uchun suvlar ichib, quvvatiga televizor tagiga yotib olishni savobli ish deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 150 | Duolar