Xolodets harommi

Assalomu alaykum! Mol tuyog‘idan xolodets pishiriladi. Yaqinda eshitib qoldim, mol tuyog‘i(yoki umuman tuyoq) xalol emas deb. Shunga aniqlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom degan odam iymoniga ehtiyot bo‘lsin. Shariatga muvofiq so‘yilgan hayvonning quyidagilaridan boshqa a’zolari halol.  Hatto yungi va suyagi ham. Ba’zilar jelatin aralashtirar ekan. Bu ishni qiluvchilar jelatinni hukmini o‘rganib qo‘yishsin. Jelatin cho‘chqadan olingan bo‘lsa joiz emas.
1. Erkak hayvonning zakari. 2. Erkak hayvonning ikki moyagi.3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi.4. Hayvondagi bez.5. Hayvondan oqqan qon. 6. O‘t pufak.7. Siydik turadigan a’zo. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar