Qo‘shilib qolgan pul

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz koreya respublikasida ishlaymiz. Birinchi kelishimiz bilan qaytib ketish uchun biletga pul olinadi, oyligimizdan straxovka singari. Endi vizamiz tugab qaytib ketyatganimizda shu pulni qaytarib tashlab beradi. Masalan 500ming koreya puliga oyligimizdan ushlab qolingan, 4 yilu 10 oydan keyin shu pulni 530 ming qilib tashlab berildi, lekin bu pulni biz bankka omonat uchun qo‘ymimiz. Bu chiqib ketish uchun biletga olinadi, kelishuv shunaqa. Endi shu pulni oshiqchasi riboga kiradimi? Kirsa agar shu pulni masjidlarimizga sadaqot qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Riboga kiradi. Ularni savob umid qilmasdan faqir miskinlarga sadaqa qilib yuboringlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar