Magnitga dam soladigan ayol

Assalomu alaykum! Meni ota-onam Ayolni oldiga boradi Dam soladigan Suvga Odamga Magnitga agar Magnitga dam sob dadamga beradi keyin magnit har doim yonizda tursin deydi ish yurish turarkan, omad kelarkan bu shirk emasmi? Meni dadam Vapshe Domlalarni gapiga ishonmaydi Shayh hazratlarini gapiga ham faqat o‘sha dam soluvchiga ishonadi men esa unaqalarga umuman ishonmayman lekin meni majburlab olib borishadi ? 2. Men savollar.islom.uz saytida Shayh hazratlarini javobini ko‘rdim Ilgir bomagan aldoqchi narsaligini bildim ayamga ko‘rsatdim ishonmadi! Men Vapshe to‘yib yashagim ham kelmaydi ular o‘zi bir marta qochib ketganman uydan shirk qiladigan ota bilan gaplashgim ham kelmaydi! Nima qilay iltimos yordam bering! Meni gapim ularga bir tiyin foydasiz gapirganim bilan Befoyda ? Dadam Ramazonda ro‘za tutadi Namoz o‘qiydi keyin Ramazon tugasa bo‘ldi tamom hammasini yig‘ishtirib qo‘yadi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dunyoni boshqaruvchisi Alloh taolo. Alloh taoloning xohish va irodasi uchun unaqangi domlalarni o‘rtaga kirishining hojati yo‘q. Siz shu aqiydangizda mustahkam bo‘ling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarni iymonga chaqirsalar ular bosh tortishar, hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozor ham berishar edi. Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tasalliy berish uchun “Shuaro” surasida marhamat qiladi:  لَعَلَّكَ بَاخِعٌ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ۝ 3. Ehtimol, mo‘min bo‘lmaganlari uchun o‘zingni halok qilmoqchidirsan?!
Ya’ni «Ey Muhammad, ehtimol, anavi kofirlar mo‘min bo‘lmaganlari uchun ularga achinib, kuyunib, o‘zingni qiynamoqchi, halok qilmoqchidirsan?!»
Albatta, bunda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tasalli bor. Avvalo, Alloh taolo u kishiga kofirlarning iymonga kelmaganlari uchun ich-ichlaridan afsus-nadomat chekib, o‘zlarini qiynayotganlarini bilib turganidan xabar bermoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uchun esa Robblarining bu holatdan xabar berishidan ko‘ra kattaroq tasalli yo‘q. Ayni paytda, bu xabar Muhammad sollallohu alayhi vasallam mushriklarning muomalalaridan qanchalik qiyin ahvolga tushayotganlarini ham bildiradi. Chunki o‘zini halok etish fikri Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdek zotga o‘zidan-o‘zi kelavermaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar